Kroket

  • 2015-11-02 16:14:34
  • 0
  • 0
  • 8372

Masalliqlar

  • kartoshka - 6 dona
  • piyoz - 1 dona
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • pishloq - 200 gr
  • mol go'shti qiymasi - 100 gr
  • nami qochgan non - 1 stakan

Tayyorlash usuli

Bu taomning asl vatani Frantsiya va uni frantsuzlar kroket (croquette) deb atashadi. Kartoshka pyuresiga qiymani aralashtirib va non urvog'iga bulg'ab, yog'da qovurib olinadi. Bu taom turli hil nomlarda dunyo oshxonalariga kirib borgan. Ichiga har xil qo'shimchalar qo'shib, tsilindr yoki disk shaklida tayyorlasa bo'ladi.

1. Qaynayotgan suvga kartoshkani solib pishirib olamiz.

2. Pishgan kartoshkani ezib pyure holatiga keltiramiz.

3. Tovaga biroz yog' solib piyoz va qiymani qovurib olamiz.

4. Pyure bilan qiymani aralashtiramiz.

5. Tuxumdek bo'laklarga bo'lib, o'rtasiga pishloq solib,

6. Dumaloq shakliga keltiramiz.

7. Birinchi unga belab olamiz,

8. So'ngra tuxumga,

9. Oxiri non urvog'iga bulg'ab olamiz.

10. O'simlik yog'ini170 darajagacha qizdirib, ikki tomonini chiroyli qizarguncha qovurib olamiz.

Taom tayyor. Yoqimli ishtaha!