Pishloqli pomidor

  • Muallif: Malika
  • Tayyorlash vaqti: 10 daq
  • Toifa: Qishga g'amlama
  • Taomning kaloriyaliligi: 1288.9 ккал
  • 2015-11-06 12:41:58
  • 0
  • 0
  • 6298

Masalliqlar

  • pomidor - 400 gr
  • sarimsoqpiyoz - 1-2 dona
  • pishloq - 100 gr
  • mayonez - 5-6 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Dasturxoningizni gazaklar bilan bezang!

Kerak bo‘ladi: 400 g pomidor, 100 g pishloq, 1-2 palla sarimsoq, 5-6 osh qoshiq mayonez.

Tayyorlanishi: pishloqni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Ezilgan (maydalangan) sarimsoq va mayonez aralashtiring. Pomidorlarni yo‘g‘onligi 1 sm.li aylana shaklida kesib chiqing. Har bir pomidor doirasi ustiga pishloqli aralashmadan soling. Xohishingizga ko‘ra salat barglari bilan bezatib, dasturxonga torting.