Xushta'm gulkaram
- Muallif: Malika
- Tayyorlash vaqti: 20 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 3057.6 ккал
- 2015-11-06 16:45:17
- 0
- 0
- 25402
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 250 ml
- un - 4 osh qoshiq
- tuxum - 2 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- sut - 100 ml
- gul karam - 500-600 gr
Tayyorlash usuli
Vitaminga boy taom
Kerak bo‘ladi: 500-600 g gulkaram, 2 dona tuxum, 4 osh qoshiq un, 100 ml sut, tuz, qovurish uchun keragicha o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi:gulkaramni yuvib, uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lamiz. Tuzli suvda 7 daqiqa mobaynida qaynatib, oqar suvda sovutib olamiz.Tuxumni ko‘pirtiramiz, ustiga 1 osh qoshiq sut va unni qo‘shib aralashtirgach, qolgan sutni ham solamiz. Aralashma smetana kabi quyuq bo‘lishi kerak. Ta'bingizga ko‘ra ko‘katlar va murch qo‘shishingiz mumkin. Tovada o‘simlik yog‘ini qizdirib, karam bo‘laklarini aralashmaga bulab qovuramiz. Ba'zi hollarda gulkaramni qaynatmasdan ham qovursak bo‘ladi. Yoqimli ishtaha!