Sabzavotli pyure sho'rva
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 4217.6 ккал
- 2015-11-20 14:09:41
- 0
- 0
- 9874
Masalliqlar
- mol go'shti - 600 gr
- kartoshka - 3 dona
- sabzi - 2 dona
- piyoz - 1 dona
- kungaboqar yog'i - 5 osh qoshiq
- no'xat - 120 gr
- dafna yaprog'i - 2 dona
- smetana - 200 gr
- karam - 300 gr
Tayyorlash usuli
Go'shtni acchiq qalampir bilan qaynatib olamiz.
Go'sht pishishiga yaqin qolganda dafna yaprog'ini solamiz.
Kartoshka va sabzini to'g'rab, alohida idishda pishirib olamiz.
So'ng ularni pyure holatiga keltirib, ko'k no'hat bilan aralashtiramiz.
Pyureni yoqda qovurib, ta'bga ko'ra tuz solamiz.
Go'shtli bulonga parraklangan piyoz va karamni solib, tuzini rostlaymiz.
Likopchaga avval pyureni solib, ustidan parraklangan go'shtni terib chiqamiz.
Ustidan sho'rvani solib, smetana bilan bezatamiz.
Darvoqe, pyure-sho'rvani dasturhonga tortishdan avval ko'katlar bilan bezatishni ham unutmang.