Tuzlangan pomidor

  • 2015-11-26 14:36:17
  • 0
  • 0
  • 11854

Masalliqlar

  • piyoz - 2 dona
  • pomidor - 2 kg
  • kungaboqar yog'i - 100 ml
  • sarimsoqpiyoz - 2 dona
  • tuz - 1 gr
  • ko'kat - 1 bog‘
  • kashnich - 1 bog‘
  • rayhon - 4 dona

Tayyorlash usuli

Pomidorning qip-qizil pishganlaridan olib sovuq suvda yuvib yuborasiz va suvini silqitish uchun olib qo'yasiz.
Sarimsoq piyozning parraklarini kashnich, rayxon, ukro'p, petrushka bilan birga mesaropkadan o'tkazasiz.
Hosil bo'lgan masaga picha piyoz dog' aralshtirasiz.
Buning uchun o'simlik yo'gini (paxta kungaboqar, makkajoxora, araxis yog'laridan biri) dog'lab, mayda tog'ralgan piyoz qizarguncha qovuriladi va piyozdog' ko'k massaga qo'shiladi.
Yuvib tayyorlangan pomidorni har birini o'rtasidan pichoq bilan yorib ko'pgina tuz sepasiz va ko'k massdan ham solasiz-da sirli kasrtrulkaga terasiz.
Avval yirikrog'i, so'ngra maydarog'i, kastrulka to'lgach qopg'oni jips yopib haladilnikka qo'yasiz.
1 sutkadan so'ng pomidorni yaxna ovqat sifatida dasturxonga tortish mumkin.