Qovurdoq
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 6575 ккал
- 2015-11-30 16:02:36
- 0
- 0
- 16969
Masalliqlar
- qo'y go'shti - 1 kg
- dumba yog‘ - 500 gr
- tuz - 1 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Yangi so'yilgan qo'y, echki, buzoq, mol yoki kiyik, tog' echkisi kabi
hayvonlarning go'shtini londa-londa qilib (har biri 50-60gr keladigan
qilib) suyagi bilan qo'shib bo'lib chiqasiz va yaxshilab tuzlab olib
qo'yasiz.
To'g'ralgan dumba yog'ini eritib jizzasini olganingizdan keyin go'shtni shu yog'da yaxshilab, qizartirib qovurasiz.
So'ngra sovutib, sirlangan xum yoki biror bir idishga solib, ustidan qozondagi yog'ni xovri chiqqach quyib yuborasiz.
Idishni jipslab yopib olib qo'yasiz.
Shu usulda tayyorlangan go'sht yozning issiq kunlarida ham bir necha oy aynimay turaveradi.
Qovurdoq suyuq va quyuq ovqatlarga solib yoki salаt va sabzavotlar bilan birga yaxna ovqat sifatida iste'mol qilinadi.