G'ilmindi

  • 2015-12-17 14:51:52
  • 0
  • 0
  • 21685

Masalliqlar

  • un - 550 gr
  • shakar - 6 osh qoshiq
  • sariyog' - 150 gr
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 400 ml
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • sut - 600 ml

Tayyorlash usuli

Suv, sut, tuhum va tuz solinib qattiqqina hamir qoriladi. Iliq joyga 15 minutga olib qo'yiladi.
Hamir yoyiladi va terkalni bostirib yumaloq shaklda kesib olinadi. Ozgina yog'da tovoda bittalab pishirib olinadi.

Suvga un solinadi

Tugunchalari qolmaguncha aralashtiriladi
Sut qaynatiladi.
Shakar solinadi, keyin un masallig'ini solinib quyuq holga kelguncha qo'zg'aladi. Atala bo'lish kerak
Tavada Saryog' eritiladi

Tayyoq g'ilmindi ning yarmiga atala solinib yarmi yopiladi.

Tarelkalarga ozgina saryog' quyiladi
Har bir g'ilmindiga bir qoshiqdan saryog' quyulib chiqiladi.
/Issiq holdaham sovuq holda ham mazasi yahshi chiqadi.