Pryanik

  • 2015-12-18 11:44:03
  • 0
  • 0
  • 41795

Masalliqlar

  • un - 500 gr
  • shakar - 300 gr
  • asal - 1 osh qoshiq
  • soda - 0.5 choy qoshiq
  • quyultirilgan sut - 500 gr
  • vanilin - 90 gr
  • qatiq - 1 stakan
  • tuxum sarig'i - 2 dona
  • choy (qora) - 1 stakan
  • tuxum oqi - 2 dona

Tayyorlash usuli

1 stakan qatiqqa 1 osh koshik asal chay.soda solib yaxshilab aralashtiriladi. Masalliq ko'pirgach 6 osh qoshiqda erigan margarin, tuxum sarig'i, shakar va vanilin solinadi va un solib o'rtacha yumshoqlik xamir qilinadi. Yarim soatdan so'ng xamirni yupqa yoyib undan stakan yordamida shakl kesiladi. Stakanning katta kichikligiga karab xamir o'rtasiga 1 choy qoshiq yoki yarim choy qoshiqdan quyultirilgan sut quyib, yumaloqlanadi. So'ng duxovkada 150 darajada pishiriladi. 2 ta tuxum oqi yarim stakan shakar bilan ko'pirtiriladi. Pishgan pryaniklarni sovutib, tuxum oqiga belab olasiz va salqin joyda quritasiz.
Ilova: Qatiqni o'rniga smetana solsa xam bo'ladi, asal xohishga ko'ra solinadi, tuxum oqini shakar kukuni ko'pirtirilsa tezroq qotadi.