Kashnichli smuzi

  • 2016-03-01 14:48:12
  • 0
  • 0
  • 7967

Masalliqlar

  • banan - 1 dona
  • limon sharbati - 0.5 dona
  • kashnich - 1 bog‘
  • olma - 1 dona

Tayyorlash usuli

Olmaning po‘stini archib, o‘rta qismini olib tashlaymiz va bo‘laklarga bo‘lamiz. Bananni ham po‘stidan ajratib, bir necha bo‘laklarga bo‘lamiz. Limon sharbatini siqib olamiz, va kashnich barglarini maydalaymiz. Hammasini blender stakaniga solib, ustidan suv quyamiz. Blenderda aralashtiramiz.

Smuzi sog‘lig‘ingizga qanday ta’sir qilishi uni qay tarzda ichishingizga bog‘liq. Ichimlikni ovqatlanish vaqtida iste’mol qilish yaramaydi. Uni ovqatdan ikki soat o‘tib, yoki ovqatlanishdan yarim soat avval ichish ayni muddaodir. Bundan tashqari, ertalab och qoringa (avval 1 stakan suv ichib, 15 daqiqa o‘tgach) smuzini ichish ham sog‘liq uchun foydalidir.