Rakushki pechenesi

  • 2016-07-11 14:39:22
  • 0
  • 0
  • 17092

Masalliqlar

  • un - 4 stakan
  • shakar - 1.5 stakan
  • limon sharbati - 1 choy qoshiq
  • smetana - 1 stakan
  • shakar upasi - 0.5 stakan
  • qavartma - 0.5 choy qoshiq
  • margarin - 250 gr
  • tuxum sarig'i - 5 dona
  • tuxum oqi - 5 dona

Tayyorlash usuli

1. Un va hamir oshiruvchi moddani yahshilab aralashtiramiz. Sariyog’ qo’shib qol’da yoki oshxona kombaynida aralashtiramiz, shunda un bilan sariyog’ ushoqday holga keladi.
2. Yuqoridaki aralashmaga tuhum sarig’i va smetana yoki slivki qo’shib aralashtiramiz. O’rta qattiq hamir hosil bo’ladi.
3. Hamirdan zuvalalar uzib, to’p shakli berib, bir idishga terib chiqamiz. Tayyor to’plarni holodilnikka 30-40 minutga qo’yib qo’yamiz.
4. 15-20 minutdan so’ng beze tayyorlashni boshlaymiz. Tuhum oqini mikser yordamida ko’pirtiramiz, kam kam shakar solib ko’pirtirishni davom ettiramiz. Shakar tugagandan so’ng limon suvi solib 1 marta ko’pirtirib yuboramiz.
5. Hamirni holodilnikdan olib har bir zuvalani 1-2 mm qalinlikda doira shaklida yoyib chiqamiz, ichiga 1 qoshiq beze solib, oldin ikkiga keyin to’rtga tahlab pergament qog’ozi solingan idishga terib chiqamiz.
6. Oldindan isitilgan 150-160 daraja duhovkada 20-25 minut davomida pishirib olamiz.
7. Duhovkadan pechenyelarni chiqarib ustidan shakar upasini choy elagiga qo’yib yoki dokaga solib sepib chiqamiz