Gamburger
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 4191.68 ккал
- 2016-09-25 07:10:58
- 0
- 0
- 10937
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- pomidor - 1 dona
- bodring - 1 dona
- pishloq - 4 dona
- mayonez - ta'bga ko'ra
- gamburgerlar uchun bulochka - 4 dona
- mol go'shti qiymasi - ta'bga ko'ra
- salat bargi - 4 dona
- ketchup - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
Masalliqlar:
qiyma (hamburger patty)
1 dona qizil piyoz
1 dona pomidor
1 dona bodring (tuzlangan bolsa yana yaxshi)
pishloq (sir)
ketchup
mayonez
salat bargi
Tayyorlash:Tovaga ozgina yog' solib bulochkalarni orasini ochib faqat ichki tomonini yengil qovurib olamiz.
Gamburger uchun maxsus qiymani tovada yaxshilab qovuramiz (o'zingiz qiymadan kotlet yasab tayyorlasangiz ham boladi)
Kotletlar issiqligida ustiga sirni qoyamiz.
Poyoz, pomodor, bodringni parrak-parrak to'g'rab olamiz.
Bulochka pastki tomoniga
- mayonez
- ketchup
- salat bargi
- kotlet va sir
- piyoz
- pomidor
- bodring
Shu ketma-ketlikda masalliqlarni ustma-ust qo'yib chiqamiz. So'ng bulochkani ustki qismini yopib biroz bosamiz.