Bulgogi
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 4732.18 ккал
- 2016-09-30 07:30:57
- 0
- 0
- 6421
Masalliqlar
- mol go'shti - 0,5 kg
- sabzi - qizil-0,5 dona
- piyoz - 1 dona
- kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
- shakar - 2 choy qoshiq
- guruch - 300 gr
- ko'k piyoz - 2 dona
- sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
- nok - 0,5 dona
- zanjabil - ta'bga ko'ra
- kunjut - yog'i-1 choy qoshiq
- salat bargi - 10-15 dona
- soya sousi - 2 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Bulgogi-Korea taomlaridan bo'lib juda mazali va to'yimli.
Tayyorlash uchun:
- Go'shtni yupqa parrak parrak qilib kesib olamiz.
- Piyoz,sarimsoq,nok,zanjabilni qirg'ichdan chiqarib go'sht ustiga solamiz.
- Mayda to'g'ralgan ko'k piyoz,soya sous,kunjut yog'i,shakar,murch,sabzini ham solib yaxshilab aralashtiramiz.
- Ustini yopib yarim kunga olib qo'yamiz.
- Aytilgan vaqt o'tgach tovaga ozgina yog' solib go'shtni qovurib olamiz.
- Multivarkada guruchni pishirib olamiz.
- Salat bargi yuziga bulgogi go'shti, guruch,sous solib o'rab yeymiz.
Yoqimli ishtaha!
Sous tayyorlash:
- 2ta ko'k, 1ta oddiy piyozni tog'rab olamiz.
- 2choy qoshiq kunjut,
- 1choy qoshiq asal,
- 1choy q. kunjut yog'i va
- achchiq ketchupni qo'shib aralashtiramiz