Bananli eskimo
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 20 daq
- Toifa: Desertlar
- 2016-11-07 17:57:52
- 1
- 0
- 11092
Masalliqlar
- banan - 2 dona
- yong‘oq - 50 gr
- shokolad sutli - 100 gr
Tayyorlash usuli
Bananni po‘stlog‘idan ajratmasdan uni 4 ta qismga bo‘ling (yoki banan uzun bo‘lmasa, 2-3 qismga).
Har bir bo‘lakka muzqaymoq cho‘pini tiqib chiqing (agar bo‘lsa).
Yoki bo‘lmasa choy qoshiqchadan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Yong‘oqlarni blender yoki pichoq yordamida maydalang.
Shokoladni bo‘laklarga bo‘lib, suv bug‘ida eriting.
Tayyor bananli eskimolarni tanavvul qilishdan 3-5 daqiqa oldin muzlatgichdan olib qo‘yish tavsiya etiladi.
Yoqimli ishtaha!