Zefir tayyorlash
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1389.8 ккал
- 2016-11-17 08:54:30
- 0
- 0
- 9937
Masalliqlar
- shakar - 300 gr
- suv - 100 gr
- olma - 3 dona
- jelatin - 5 gr
Tayyorlash usuli
- Olmalarni ortasidan bo'lib, tozalab gaz duxovkasida 20 daqiqa pishirib olamiz
- So'ng yumshagan olmani ezib elakdan o'tkazib,100 gr shakar qo'shib gazga qo'yamiz.
- Shakar eriguncha aralashtiramiz va sovutamiz
- Sovugan olma pyurega tuxum oqini qo'shib mikserda ko'pirtamiz (5 daqiqa). Xuddi kremdek oppoq massa hosil bo'ladi
- Boshqa idishda suv, 200 gr shakar va jele solib qaynatamiz. Qaynab chiqqach tinmay aralashtiramiz (5 daqiqa)
- Qiyom holiga kelgach gazni o'chiramiz (juda ehtiyot bo'lish kerak,agar kamroq qaynasa zefir qotmaydi,ko'proq qaynab ketsa massa qotib qoladi).
- Va issiqligida yuqoridagi olma va tuxumli massamizga qo'shib mikserda aralashtirishda davom etamiz (3-4 daqiqa)
- Tayyor bo'lgan zefirni kulinar shprits yoki krem bezash maxsus qopchaga solib, pargament qog'oz solingan patnisga quyib chiqamiz
- 7-8 soat turgach zefir tayyor. Xoxishga qarab shakar upasi sepishingiz mumkin