Go‘shtli pirog

  • 2016-12-09 17:51:18
  • 0
  • 0
  • 15295

Masalliqlar

  • mol go'shti - 300 gr
  • kartoshka - 400 gr
  • piyoz - 1 ta'bga ko'ra
  • un - 350 gr
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • smetana - 250 gr
  • qavartma - 2 choy qoshiq
  • mayonez - 250 gr

Tayyorlash usuli

Xamiriga:

  • 250 g mayonez
  • 250 g smetana
  • 3 ta tuxum
  • 300–350 g un
  • 2 ч.қ. razrixlitel (yoki 1 ch.q. soda)
  • tuz

Nachinkasiga:

  • 300 g go‘sht
  • 400 g kartoshka
  • piyoz
  • tuz
  • murch

Mayonez va smetanani almashtiring va tuxumni qo‘shing.

Tuzini rostlab, keyin almashtiring. Razrixlitel, un solib, xamir qoring.

Endi nachinkani tayyorlaymiz. Piyozni yarim halqa ko‘rinishida to‘g‘rang.

Go‘shtni ham mayda qilib to‘g‘rang.

Kartoshkani kichik kubik shaklida to‘g‘rang. Endi kartoshka, go‘sht va piyozni bir-biri bilan aralashtiring. Keyin ta’bga ko‘ra, tuz va murch soling.


O‘simlik yog‘i surilgan idishga xamirni yarmini yoying (xamirni suvda namlangan qo‘llar bilan yoyish oson bo‘ladi).

Xamir ustiga nachinkani soling.

Ustidan qolgan xamirni yoyib tekislang. Duxovkada 180 gradus haroratda bir soat davomida pishiring. Agar pirogni usti kuyishni boshlasa ustini folga qog‘oz bilan yopib qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!