TOVUQ SHO'RVA

  • 2016-12-16 09:55:17
  • 0
  • 0
  • 20403

Masalliqlar

  • kartoshka - 3-4 dona
  • sabzi - qizil-1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
  • ko`k piyoz - 1 dona
  • zanjabil - 1 bo‘lak
  • tovuq boldiri - 3-4 dona
  • muz bo‘laklari - murch- bir chimdim
  • qalampir kukuni - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

  • Qozonga suv solib tovuq bo'laklarini solamiz.
  • Qaynab chiqqandan so'ng suv yuzidagi ko'pikni olib tashlaymiz. Gazni sal paslatib 30 daqiqacha qaynatamiz.
  • Orada tuxumni yaxshilab yuvib, po'sti bilan solib 10 daqiqa qaynatib olamiz.
  • Keyin o'rtacha tog'ralgan sabzi, butun piyoz, sarimsoq va zanjabilni solib qaynatishda davom etamiz.
  • Biroz qaynagach kartoshka, tuz,murch solib yana 30 daqiqa qaynatamiz.
  • Tayyor bo'lgan tovuq sho'rvani kosalarga suzamiz.
  • Po'sti archilgan tuxumni 4 ga bo'lib xar bir kosaga solamiz.
  • Xoxishga ko'ra yuziga ko'kat va qalampir kukuni solib dasturxonga tortamiz.