Baliqli kotlet
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 20 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1501.4 ккал
- 2016-12-19 08:56:34
- 0
- 0
- 7308
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- un - 3-4 osh qoshiq
- tuxum - 1 dona
- tuz - bir chimdim
- baliq - 500 gr
- sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
- muz bo‘laklari - murch- bir chimdim
Tayyorlash usuli
- Qiltanog'i yo'q baliq, piyoz va sarimsoqni go'sht qiymalagichdan otkazib olamiz.
- Tuxum,tuz,murch va un qo'shib aralashtiramiz.
- Qo'limizni yog'lab dumaloq shakllar yasab olamiz.
- Tovaga ozgina yog' solib kotletlarni qovurib olamiz (xar bir tomonini 3 daqiqadan)
- Baliqli kotlet tayyor.