Zarli taom
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 90 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2118.8 ккал
- 2016-12-25 07:41:04
- 0
- 0
- 9807
Masalliqlar
- kartoshka - 4 dona
- sabzi - qizil-1 dona
- piyoz - 4 dona
- kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
- sariyog' - 50 gr
- tuz - ta'bga ko'ra
- selderey - 1 bog‘
- qizil bulg'or qalampir - 1 dona
- tovuq boldiri - 2 dona
- mol go'shti qiymasi - 300 gr
- pektin - folga qog'ozi- ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
- Tovuqni o'rtacha kubik to'g'rab, tuzlab, ziralab, qizartirib qovurib olamiz.
- Kartoshkani 4 ga bo'lib qovurib olamiz
- Sabzini mayda kubik to'g'raladi, balgariskiy, pomidor yirik kubik tog'raladi, piyoz esa parrak to'g'raladi
- Qiymaga mayda to'g'ralgan piyoz, tuxum sarig'i, tuz, ziravorlab qo'shib aralashtiriladi. Yong'oqdek teftellar yasab tuxum oqiga botirib yog'da qovurib olamiz.
- Zar qog'ozni to'rtburchak qilib kesib olamiz va ustiga 2-3 bo'lak tovuq, 2 ta teftel, 3 ta kartoshka, piyoz, sabzi, balagriskiy, selder, mayda to'g'ralgan saryog', tuz solib, zar qog'ozni o'raymiz.
- Listga terib 1 kosa suv quyib, qizigan duxovkada 1 soat pishirib olamiz.