ZEBRA TORTI
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 3671.8 ккал
- 2016-12-29 08:38:43
- 0
- 0
- 13845
Masalliqlar
- un - 2 stakan
- shakar - 1 stakan
- tuxum - 2 dona
- soda - 1 choy qoshiq
- qatiq - 1 stakan
- kakao kukuni - 1 osh qoshiq
- margarin - 200 gr
Tayyorlash usuli
- Qatiqqa soda solib qo'yamiz.
- Boshqa idishda tuxum va shakar ko'pirtirib,eritilgan margarin, un va qatiq solib bo'tqasimon xamir tayyorlaymiz.
- Xamirni 2 ga bo'lib, yarmiga kakao solamiz.
- Qolipni yog'lab 1 osh qoshiq oq xamir 1 osh qoshiq kakaoli xamirni ustma-ust solamiz.
- 180 gradusda 30 daqiqada pishirib olamiz.
- Pishgach yuziga shokoladniy glazur surtib,kokosviy strujka sepamiz.
0,5 stakan shakar
2 osh qoshiq kakao
3 osh qoshiq sut
2 osh qoshiq saryog'
- Barcha masalliqlarni (saryog'dan tashqari) idishga solib yaxshilab aralashtiramiz.
- Keyin suv bug'ida saryogni ham qo'shib 5-6 daqiqa aralashtirib turamiz.
- Issiqligida tort yuziga quyamiz.
Zebra tort tayyor.Yoqimli ishtaha