Rogalik bulochka
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 1657.06 ккал
- 2017-01-19 09:07:21
- 0
- 0
- 23557
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
- un - ta'bga ko'ra
- shakar - o,5 stakan
- tuxum - 1 dona
- xamirturush - 1 osh qoshiq
- sut - 250 gr
- margarin - 100 gr
- murabbo - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
- Iliq sutga yog', shakar,tuxum,droja solib yaxshilab aralashtiramiz.
- Un qo'shib yumshoq xamir qorib, 1-2 soatga o'rab qo'yamiz.
- Xamir oshgach 2ta zuvala yasab, lagandek kattalikda yoyamiz.Yuziga xona haroratida yumshagan margarinni surtib konvert shaklida xamirni buklaymiz.
- Ustiga selofan yopib 1,5 soatga muzlatgichga qo'yamiz.
- Aytilgan vaqt o'tgach 1-xamirdan yong'oqdek zuvalacha uzib, dumaloq yasab, ustini yopib qo'yamiz(zuvalachalar yana oshguncha 2-xamirni yoyib,o'rab turish mumkin).
- Birozdan so'ng zuvalalarni yoyib,murabbo solib rasmda ko'rsatilgandek o'raymiz.
- 2-zuvala xamirni ham yoyib rasmdagidek kesamiz.
- Ichiga xoxishga qarab murabbo, mayiz, yong'oq, yeryong'oq(men murabbo va sir soldim)solib o'raymiz.
- Gaz listini yog'lab, orasini ochiqroq qilib bulochkalarni terib(pishganda ishadi), ustini sochiq bn yopib yana yarim soatga issiqroq joyga qo'yamiz.
- So'ng yuziga tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz.
- Tuxum sarig'i va kunjut sepmay pishirib,issiqligida shakar upasi sepish mumkin
- Qizigan duxovkada 15-20 daqiqada pishirib olamiz.