Medovik torti

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 120 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 5229.5 ккал
  • 2017-06-22 07:23:56
  • 0
  • 0
  • 28646

Masalliqlar

  • un - 4 stakan
  • shakar - 1 stakan
  • sariyog' - 150 gr
  • tuxum - 3 dona
  • asal - 2 osh qoshiq
  • soda - 1 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

  • Gazda asalni eritib 0,5 choy qoshiq soda solib qizarguncha aralashtiramiz.
  • Ustiga saryog' qo'shib eritamiz.
  • Boshqa idishda tuxumga oz-ozdan shakar solib aralashtiramiz.
  • Soda, yuqoridagi massa va un qo'shib yumshoq xamir qoramiz.
  • Xamirdan 4 ta zuvalachalar yasab olamiz.
  • Yog'langan gaz listiga yoyib,10-15 daqiqa pishiramiz.
  • Issiqligida chetlarini kesamiz.
  • Xar bir xamir orasiga issiq krem surtamiz.
  • Yuziga maydalangan ushoq sepamiz.
  • Ustiga selofan yopib o'rab qo'yamiz.

Krem:

1 piyola sut
1 piyola shakar
3 osh qoshiq un
1 choy qoshiq kakao
50 gr saryog'
Barcha massaliqlarni (saryog'dan boshqa) gazda 2-3 daqiqa aralashtiramiz.
Saryog' qo'shib issiqligida xamir yuziga surtamiz.