Murabboli pirog
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 4564.6 ккал
- 2017-06-23 07:09:30
- 0
- 0
- 9830
Masalliqlar
- un - 480 gr
- shakar - 200 gr
- tuxum - 2 dona
- soda - 1 choy qoshiq
- margarin - 200 gr
- murabbo - 200 gr
Tayyorlash usuli
- Xona xaroratida yumshagan margarin va shakarni mikserda yaxshilab aralashtiramiz.
- Tuxum qo'shib yana 5-10daqiqa aralashtiramiz.
- Soda va elangan un qo'shamiz.
- Yumshoq xamir hosil bo'ladi.
- 2 ta zuvalachaga ajratib 1tasini marazilnikka 1soatga olib qo'yamiz.
- Qolipni yog'lab 1-xamirni yoyamiz va ustiga murabbo solamiz.
- Keyin muzlagan 2-xamirni murabbo yuziga qirg'ichdan chiqaramiz.
- Qizigan duxovkada 20-25 daqiqa pishirib olamiz.
- Xoxishga ko'ra tayyor pirog yuziga shakar upasi sepish mumkin.