Pirog somsa
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 3798.55 ккал
- 2017-07-14 07:48:59
- 0
- 0
- 7531
Masalliqlar
- kartoshka - 2-3 dona
- piyoz - 1 dona
- un - 3-4 stakan
- tuxum - 1 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- soda - 0,5 choy qoshiq
- zira - bir chimdim
- margarin - 100 gr
- qatiq - 1 stakan
- mol go'shti qiymasi - 200 gr
Tayyorlash usuli
- Qatiqqa soda+tuz solib 10 daqiga olib qo'yamiz
- Elangan un o'rtasini ochib qatiq, tuxum, eritilgan margarin solib yumshoq xamir qoramiz.
- Xamirni 2bo'lakka bo'lib, yarim soatga o'rab qo'yamiz.
- 1-xamirni listga yoyib ustiga qiymali masalliqni solamiz.
- 2-xamirni yoyib ustiga yopamiz.
- Yuziga qatiq yoki tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz.
- 200 gradusli pechda 35 daqiqa pishirib olamiz.
Qiymasi:
- Kartoshkani mayda somoncha to'graymiz.
- Qiyma va to'g'ralgan piyoz,zira, tuz qo'shib aralashtiramiz.
Pirogli somsamiz tayyor.