Ramazan pidesi (turetskiy non)
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 180 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 3665.34 ккал
- 2017-07-20 07:58:52
- 0
- 0
- 8138
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
- un - 4-5 stakan
- shakar - 2 choy qoshiq
- tuz - 1 choy qoshiq
- xamirturush - 2 osh qoshiq
- sut - 2 stakan
- kunjut - ta'bga ko'ra
- qatiq - 1 osh qoshiq
- tuxum sarig'i - 1 dona
- muz bo‘laklari - sedana ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
Ramazan pidesi turklarning mashhur noni bo'lib, faqatgina ramazon oyida pishiriladi.
- Sutga tuz va shakar solib yaxshilab aralashtiramiz.
- Drojani ham qo'shib eriguncha aralashtiramiz.
- Un solib xamir qoramiz.
- Yumshoq, qo'lga yopishqoq xamir hosil bolgach, issiq joyga oshirish un qo'yamiz.
- Oshgan xamirni mushtlab yana oshirishga qoyamiz. Yana oshgach yana mushtlaymiz.
- Hammasi bo'lib 3martta oshiramiz.
- 2ta zuvalaga ajratib olamiz.
- Listga pergament qog'oz qo'yib, un sepib xamirni qo'yamiz.
- Qo'limiz bn yoyib olamiz.
- Keyin barmoqlarimiz bn non yuziga shakl beramiz.
- Ustini yopib yana yarim soatga qoldiramiz.
- Oshgandan so'ng yuziga bergan shaklimiz ustidan yana iz berib chiqamiz. Yuziga surtish uchun:
- tuxum+qatiq+yog'ni yaxshilab aralashtirib non yuziga suramiz.
- Kunjut va sedana sepamiz.
Qizigan duxovkada 170 gradusda 20-25 daqiqa pishirib olamiz.
Bu masalliqdan 2ta pide chiqadi. Man 2-zuvaladan buxanka non pishirdim.