Ice tea (Sovuq choy)
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Ichimliklar
- Taomning kaloriyaliligi: 1466.5 ккал
- 2017-08-01 08:34:07
- 0
- 0
- 6447
Masalliqlar
- shakar - 0,5 stakan
- suv - 2 litr
- yalpiz - ta'bga ko'ra
- olma - 1 dona
- turshak - 5-6 dona
- limon - 0,5 dona
- choy (qora) - paketchasi-1 dona
Tayyorlash usuli
- Tog'orachaga olmani po'stini archmay to'grab solamiz. Xoxishga qarab o'rik, shaftoli, mandarin, apelsin, qulupnaydan qilish mumkin.
- Ustidan limon suvini ezib, shakar, o'rik qoqi qo'shamiz.
- Tog'oracha ustiga suzgich qo'yib yalpiz, qora choy, limon po'stini qirg'ichdan chiqaramiz.
- Ustidan qaynagan suv quyamiz.
- Qopqoq yopib 20daqiqa dimlab qo'yamiz.
- Sal sovugach idishga solib muzlatgichga qoyamiz.