Qovurilgan piyoz va qovoqli salat
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 45 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- 2017-11-08 17:57:05
- 0
- 0
- 11943
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
- qovoq - 500 gr
- yalpiz - 1 ta'bga ko'ra
- yogurt - 100 gr
Tayyorlash usuli
Kattaroq piyozni qalinligi 2-3 mm bo‘lgan yupqa parrak qilib to‘g‘rang. Salat uchun shirin qizil piyoz, porey piyozni ishlatsangiz ham bo‘ladi.
Qovoqni (500 g) tozalab, 2-3 sm kattalikdagi kubik shaklida to‘g‘rang. Qovoqni ta’bingizga mos keladigan turini ishlatishingiz mumkin. Qovoqning o‘rniga kartoshka yoki kabachki ishlatsingiz ham bo‘ladi.
Qovoq kubiklarini ziravorlar (qizil achchiq chili, tuz va qora murch) bilan aralashtiring.
Yog‘ni o‘rta olovga qo‘ying va u qizigandan so‘ng piyozni solib, qovuring.
Piyozni qizg‘ish tusga kirguniga qadar yaxshilab qovuring.
Qovurilgan piyozni qog‘ozli sochiqqa ortiqcha yog‘ini shimib olishi uchun qo‘ying.
Xuddi shu yog‘da qovoqni ham qovurishni boshlang. Qovoqlar bir xil qovurilishi uchun ularni oz-ozdan solib, qovuring.
Ungacha yalpiz va ukropni maydalab to‘g‘rang.
Qovoqlar qarsildoq ko‘rinishga ega bo‘lishi, bu uning tayyor ekanligidan dalolat beradi. Qovoqlarni ham piyoz kabi qog‘ozli sochiqlarga ortiqcha yog‘i chiqishi uchun solib qo‘ying.
Barcha massalliqlarni katta idishga solib, yogurt yoki smetana bilan aralashtiring. Dasturxonga qotirilgan non bilan tortiq qiling.