Pechenye
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 3059.2 ккал
- 2018-01-18 08:24:01
- 0
- 0
- 10850
Masalliqlar
- un - 1,5 stakan
- shakar - 150 gr
- tuxum - 2 dona
- margarin - 200 gr
Tayyorlash usuli
- Xona haroratida yumshagan margaringa shakar solib aralashtiramiz.
- Tuxum qo'shib mikserda aralashtirishda davom etamiz.
- 2 piyola un solamiz. Mikserda biroz aralashtirib keyin qo'lda mushtlaymiz.
- Yumshoq yopishqoq xamir hosil bo'ladi.
Tort kremini bezatuvchi shprits yordamida pechenye xamirini listga terib chiqamiz (qolipchalarda kesvolib yoki shunchaki shakl berib pishirsangiz ham bo'ladi).
- 200° da 15 daqiqada pishirib olamiz.
- Yoqimli ishtaha!