Paxlava

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 60 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 6340.4 ккал
  • 2018-02-19 07:12:17
  • 0
  • 0
  • 10134

Masalliqlar

  • un - 4 stakan
  • shakar - 1 stakan
  • tuxum - 4 dona
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • qatiq - 1 stakan
  • mayiz - 1 stakan
  • margarin - 200 gr

Tayyorlash usuli

Masalliqlar:
4st un
200gr margarin
1 stakan qatiq
0,5 ch.q soda
4 ta tuxum sarig'i

Nachinkasi uchun:
4 dona tuxum oqi
1 st shakar
1kosa yong'oq
1piyola mayiz

Tayyorlash:

Idishga un solib, ustidan margarinni qirg'ichdan chiqarib qo'lda uqalab olamiz.
Qatiq,soda,tuxum sarig'i solib yumshoq xamir qoramiz.
Tayyor xamirni 6ta zuvalaga bo'lib olamiz.
Zuvalalarni (lagandan kichikroq) yoyib,nachinka surtib o'raymiz.
Nachinka:

Tuxum oqi va shakarni oppoq bolguncha mikserda ko'pirtiramiz. Chaqilgan yong'oq va mayizni qo'shib qoshiqda asta aralashtirib olamiz.

Xamir yuzida pichoqni nomiga yurgizib iz qoldiramiz va tuxum sarig'i surtib,yong'oq donachalari terib chiqamiz.

Qizigan duxovkaga 30 daqiqa qo'yamiz.
Issiqligida yuziga asal+saryog' eritib quyamiz.(50gr saryog'+2osh qoshiq asal).
Ruletli paxlavamiz tayyor.

Yoqimli ishtaha!