Perajki

  • 2018-02-22 08:41:15
  • 0
  • 0
  • 11143

Masalliqlar

  • kartoshka - 3-4 dona
  • piyoz - 1 dona
  • un - ta'bga ko'ra
  • suv - 200 ml
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • xamirturush - 1 choy qoshiq
  • ziravor - -murch bir chimdim

Tayyorlash usuli

Masalliqlar:
200ml iliq sut yo suv
1choy qoshiq droja
1choy q.tuz
un
Nachinkasi uchun:
3dona kartoshka
1dona piyoz
tuz
yog'-qovurish uchun
Tayyorlash:
  • Yuqoridagi masalliqlardan oshirma xamir tayyorlab olamiz.
  • Xamir oshguncha nachinka tayyorlaymiz.
  • Kartoshkalarni archib suvda qaynatib olamiz.Pishgach ezib pyure tayyorlab olamiz.
  • Tovaga 6 osh qoshiq yog' solib mayda tog'ralgan piyozni tillarang bo'lguncha qovurib olamiz.
  • Ozgina tuz,murch qo'shamiz.
  • Kartoshka pyurega qo'shib aralashtiramiz.
  • Tuzini rostlaymiz.

  • Oshgan xamirdan zuvalachalar kesib olamiz.
  • Un bn yoyib ichiga nachinka solamiz.
  • Xoxishga qarab uzunchoq yoki tandir somsadek dumaloq shaklda tugish mumkin.
  • Pachoq,dumaloq perajkini xoxlaganlar tugkandan keyin va qozonga solishdan avval xamir yuzini qo'l bn bosib-bosib qo'yishingiz mumkin (ko'cha perajkisiga o'xshatib).
  • Tovaga 2-3 cho'mich yog' solamiz.Sal qizigach perajki xamirlarini solib o'rta olovda pishirib olamiz (agar olov baland bo'lsa usti qizarib ichi pishmay qolishi mumkin, shunga e'tiborli bo'ling).
  • Pishgan perajkilarni qog'oz salfetka ustiga olamiz.

Sous,ketchup bn dasturxonga tortishimiz yoki maktabga bolajonlarimiz tushligi uchun berib yuborishimiz mumkin.