​Grechka palov

  • 2018-02-22 08:59:27
  • 0
  • 0
  • 39214

Masalliqlar

  • mol go'shti - 200-300 gr
  • kartoshka - 2 dona
  • sabzi - 3 dona
  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • grechka - 500 gr

Tayyorlash usuli

  • Gosht va kartoshkani yirik kubik shaklda,sabzini somoncha tog'rab olamiz.
  • Qozonga 1cho'mich yog' solib qizdiramiz.
  • Parrak to'g'ralgan piyozni biroz qizartirib,go'shtni qo'shamiz.
  • Keyin sabzi, kartoshkani solib qovuramiz.

  • Tomat sousi yoki pomidor,tuz qo'shib qovurishda davom etamiz.
  • Suv solamiz, qaynab chiqgach olovni pasaytirib, 30-40 daqiqa qaynatamiz.
  • Grechka yormasini tozalab yuvib qozonga solamiz.
  • Zirvak suvi grechkani ko'mishi kerak.
  • Suvini tortib olgach, xuddi osh palov damlagandek grechkani qozon o'rtasiga uyib olamiz.
  • Qozon qopqog'ini yopib 20daqiqa past olovda damlaymiz.
  • Pishgach likopchalarga suzib, yuziga ko'kat sepamiz.
Yoqimli ishtaha.

Xa aytgandek,bu taomni tishi endi chiqayotgan farzandingiz uchun pishirsangiz go'shtni mayda to'g'rab yoki tayyor qiyma solib tayyorlashingiz mumkin.