Mastava
- Muallif: Xodjayeva Feruzaxon Izzatulloyevna
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 100 ккал
- 2015-09-16 15:24:22
- 0
- 0
- 23673
Masalliqlar
- mol go'shti - 300 gr
- kartoshka - 1-2 dona
- sabzi - 1-2 dona
- piyoz - 1-2 dona
- pomidor - 1-2 dona
- kungaboqar yog'i - 100-150 gr
- bulg'or qalampir - 1-2 dona
- guruch - 100 gr
- tuz - ta'bga ko'ra
- ko'kat - ta'bga ko'ra
- ziravor - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidan tayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin. Lekin biri bo’lmasa yoki yoqmasa ikkinchisidan foydalansa ham bo’laveradi.
Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.
Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.