Moxora

  • 2015-09-16 15:31:14
  • 0
  • 0
  • 12018

Masalliqlar

  • mol go'shti - 500 gr
  • kartoshka - 3 dona
  • sabzi - 3 dona
  • piyoz - 3 dona
  • pomidor - 3 dona
  • bulg'or qalampir - 2 dona
  • no'xat - 700 gr
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • ziravor - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Go’shtni 30-40 gr li bo’laklarga bo’lib, qizartirib qovuriladi, so’ng halqa qilib to’g’ralgan piyoz, pomidor va kubik shaklida to’g’ralgan sabzini va bulg’orini solib qovurib, suv quyiladi. 7-8 soat iliq suvda ivitilgan no’xatni sho’rvaga solinib, 40-50 qaynatiladi. Keyin kubik shaklida to’g’ralgan kartoshka solib pishgunga qadar qaynatiladi. Ziravorlarni xohlang suviga tashlang, xohlang qovurish jarayonida soling, bu sizning ixtiyoringizda. Kosadagi moxoraga oshko’katlar sepiladi.


Teglar: suyuq ovqat