Havasga tuzlangan pomidor

  • 2015-09-17 13:50:16
  • 0
  • 0
  • 8743

Masalliqlar

  • piyoz - 3 dona
  • pomidor - 2 kg
  • kungaboqar yog'i - 100 gr
  • sarimsoqpiyoz - 1 dona
  • kashnich - 1 dona
  • ukrop - 1 dona

Tayyorlash usuli

Havaskor pazandalar tomonidan bizning davrimizda ijod etilgan bu tansiq taom pomidor g‘arq pishgan yoz va kuz oylarida tayyorlanadi.

Qip-qizil pomidorlardan tanlab olib sovuq suvda yuvib yuborasiz va har bir pomidorning o‘rtasidan pichoq tortib ikkiga bo‘lasiz, lekin bo‘laklarni ikkiga ajratib yubormaysiz. Ularning orasiga tuz sepib tuz sepib laganga tizib qo‘ying. Ikki bo‘lak orasiga solish uchun kashnich, ukrop kabi ko‘katlarni mayda qilib qirqasiz. Piyozni halqa-halqa, sarimsoqni mayda to‘g‘rab har ikkalasini dog‘ bo‘lib turgan o‘simlik moyiga solib bir aralashtirasizda, darhol tovani olovdan olib sovitasiz, toki piyoz va sarimsoq qizarib va qovurilib ketmasin. To‘g‘ralgan oshko‘klarni bitta idishga solib ustidan haligi piyoz solingan va sovutilgan yog‘ni qo‘shib aralashtirasiz. Hosil bo‘lgan massani o‘rtasi yorilgan va tuz sepib qo‘yilgan pomidorlar orasiga solib chiqasiz.

So‘ngra sirlangan idish olib ostiga pomidorlarning kattalarini, o‘rtasiga o‘rtachalarini, ustiga esa maydalarini terib chiqasiz. Yuziga likopcha to‘ntarib, yuk bostirib xolodilnikka qo‘yasiz. Bir sutkadan keyin iste’mol qilsa bo‘ladi. Agar tez tuzlangan pomidorlarni shu bugunoq iste’mol etilmoqchi bo‘linsa, u holda pomidor terilgan idishni 1 soat oftob joyga qo‘yib so‘ngra xolodilnikda 1 soat ushlansa tayyor bo‘la qoladi.