Shaftoli murabbosi
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 90 daq
- Toifa: Qishga g'amlama
- Taomning kaloriyaliligi: 5000 ккал
- 2015-09-17 15:09:05
- 0
- 0
- 13573
Masalliqlar
- shakar - 1.5 kg
- suv - 500 ml
- shaftoli - 1 kg
- arpabodiyon - 5 dona
Tayyorlash usuli
Ishni birinchi bo‘lib, shaftolini yuvishdan boshlang. Keyin yuvilgan shaftolilarni quritib, danagini ajratib olib, o‘rtacha kattalikda kubiksimon yoki uzunchoq shaklda to‘g‘rang. Shakarni katta temir idishga solib ustidan 500 ml suv quying va doim aralashtirib turgan holda qaynash darajasiga keltiring. Qiyomni olovdan olib, ichiga shaftolini soling va shaftoli qiyom ichiga to‘liq botib ketmaguncha idishni ehtiyotkorlik bilan silkiting. Aralashmani 1 sutkaga chetga olib qo‘ying, keyin qiyomni shaftolidan ajratib, yana qaynash darajasiga keltiring va yana shaftoli ustidan quying. Idishni silkitib, yana bir sutkaga chetga olib qo‘ying. Murabbo ichiga arpabodiyonni qo‘shib, yana qaynash darajasiga keltiring va 5 daqiqa davomida pishiring. Keyin darhol sterillangan bankalarga joylashtirib, yoping va salqin joyda saqlang.