Go'sht ishlatishda yo'l qo'yiladigan xatolar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-21 11:18:52
- 0
- 0
- 12523
Oshxondan uzoй bo'lgan odam рam hayotida bir yoki ikki marta emas, hatto undan ham ortiq go'shtdan taom tayyorlashga to'g'ri kelgani rost gap. Taom tayyorlash joni dili bo'lgan odamlarni aytmasak ham bo'ladi. Uzoq ish malakasi bu mahoratli oshpaz yoki oddiy xatolarga yo'l qo'ymaslik, degani emas. Ular ham yangi oshpazlar yoki qiziquvchi odamlar qiladigan xatolarga yo'l qo'yishlari mumkin. Bir qarashda oddiy bo'lib ko'ringan bu xatolar to'g'ridan to'g'ri ovqatning ta'miga yoki umuman ularning yaroqli-yaroqsizligiga ta'sir ko'rsatadi.
Biz eng ko'p hollarda go'shtli taom tayyorlashda yo'l qo'yiladigan xatolar jadvalini tuzib chiqdik. Oshxonaningizda bu xatolarga boshqa yo'l qo'yilmaydi, degan umiddamiz.
-1-
Bitta to'g'rash taxtasining ustida har xil mahsulotlarni to'g'rash, bu bakteriyalar manbai deganidir.
Go'sht to'g'raydigan taxta hech qachon toza yuvilmaydi. Hatto u tozaligidan yaltirab turgan bo'lsa ham. Doimiy ravishda turli kimyoviy birikmalar bilan oshxona anjomlarini tozalamaslik uchun har bir mahsulotga alohida taxtacha ishlatgan afzalroq. Masalan, go'sht, baliq, non va sabzavotlar uchun.
-2-
Go'shtdagi bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muhit bu uning harorati hisoblanadi.
Go'shtda selsiy ko'rsatgichi bo'yicha 5 darajadan 60 darajagacha bo'lgan holatda bakteriyalar rivojlanadi. Shunday ekan uni xona haroratida yoki mikroto'lqinli pech ichida eritish mutlaqo noto'g'ri. Undan ko'ra go'shtni besh yoki sakkiz soat oldin muzxonadan olib, uni muzlatgichning oddiy xonasiga qo'yib qo'ygan yaxshi. Yoki uni tayyorlashdan bir yoki ikki soat oldin germetik paketga solib, sovuq suvga solib qo'yish kerak bo'ladi.
-3-
Bundan keyingi holat go'sht pishib bo'lgach, uni olovdan olib, ichidagi sharbat go'shtning barcha qismiga tarqalishi uchun unga tegmaslik lozim. Bu taomning ta'miga o'z ta'sirini o'tkazadi. Lahm suyaksiz go'sht va tovuq ko'krak go'shtiga besh daqiqa, suyakli go'sht yoki qovurilgan qovurg'alarga yarim soat dam bergan yaxshi. Tez sovib qolmaslik uchun uning ustini falga bilan yopib qo'yish maqsadga muvoffiqdir.
-4-
Parranda go'shti va dengiz mahsulotlari sovutilgan holatda ikki kundan ortiq, mol go'shti va qo'y go'shti esa besh kundan ortiq saqlanmasligi lozim. Agar siz shu go'shtdan aynan bugun taom tayyorlamaydigan bo'lsangiz yaxshisi uni muzxonaga qo'yganingiz ma'qul. Agar siz yangi go'shtni yelim paketda muzxonaga tashlasangiz, uni sovuqdan kuyishiga sababchi bo'lasiz.
-5-
Go'shtni ta'mini o'zgartirmay sifatli saqlash uchun oddiy o'raladigan qog'ozda, yegulik o'raladigan allyumen falgoda yoki muhrlangan germetik muzlatgich paketida qo'yganingiz ma'qul. Agar go'sht pishayotgan qozonning og'zini juda mahkam yopib, undan ziyoda namlikni par holatda chiqib ketishiga yo'l qo'ymasangiz, tayyor bo'lgan taomning yuqori qismida hosil bo'lgan juda ta'mli karamel qatlamidan mahrum bo'lasiz.
-6-
Tova go'sht qovurish uchun juda qulay oshxona anjomi hisoblanadi. Lekin uni plita va devorlarga yog' sachratishi bor. Tashvishlanmang, buning ham oldini olsa bo'ladi. Go'shtni shunchaki sovuq duxovka ichiga joylashtiring va 200 Selsiy darajada 18 daқiқa qo'yib qo'ying. Bu holat go'shtni yaxshi pishishiga, ta'mini ham yaxshi saqlashga olib keladi.
-7-
Katta bir bo'lak go'shtni eritib, uni mayda bo'laklarga bo'ldingizmi? Juda yaxshi. Endi uni yana qaytadan muzxonaga o'ttiz daqiqa solib qo'ying. Bu holatdan so'ng siz go'shtni osonlik bilan yana ham mayda va yupqa qilib kesish imkoniga ega bo'lasiz.
-8-
Yog'och taxtalar go'sht maydalashda eng qulay material hisoblanadi. Uzoq vaqt ishlatilgan taxtachalarda yoriqchalar paydo bo'ladi. Bu esa bakteriyalar yig'iladigan eng qulay joy hisoblanadi. Va ularni artib yuvib tozalab bo'lmaydi. Taxta to'g'ragichlarni maxsus vositalar yordamida yuvib turing. Imkon qadar ularni almashtiring. Shunda zararli narsalardan qo'rqmasangiz ham bo'ladi.
-9-
Muzlagan go'shtning erishiga sabrsizlik qilish va yangi yosh oshpazni uni issiq suvga solishi, bu xuddi go'shtni quyosh nuri tushib turgan rastaga taxlab qo'yganga o'xshaydi. Bakteriyalarning rivojlanmasligini go'shtning erishini sabr bilan kutish va germetik paketda sovuq suvga solib, har 20-30 daqiqa suvni almashtirib turish bilan ershish mumkin.
Manbaa