Taomni mazaliroq qilishning 10 ta oddiy usuli
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-22 12:21:55
- 0
- 0
- 8756
Taomga nafaqat tuz va ziravorlarni qo'shish uni mazaliroq qiladi. Biz hatto borligini bilmagan ba'zi kichik narsalar ham uni mazaliroq qilishi mumkin. Quyida taomni mazaliroq qilishga yordam beradigan 10 ta oddiy maslahat keltirilgan.
Sarimsoq va piyozni oldindan to'g'ramang
To'gralgan piyoz va sarimsoq o'zidan yoqimsiz hid tarqatishi mumkin. Yaxshisi ularni bevosita taomga solishdan oldin to'g'ragan yoki sodali suvda (bir stakan suvga bir choy qoshiq nisbatda) ushlab turgan ma'qul. Sodali suv ularning o'tkir ta'mini kamaytiradi. Asosiysi, ularni taomga solishdan oldin chayib oling.
Pomidorning yumshoq qismini tashlab yubormang
Pomidorning yumshoq qismida joylashgan urug'lari va uning atrofidagi et eng kuchli ta'm va hidga ega. Shuning uchun, agar taomni tayyorlashda ularni tashlab yuborish haqida hech narsa aytilmagan bo'lsa, unday qilmang.
Yog'larning yangiligini saqlaymiz
Sariyog' va sabzavot yog'lari qandaydir vaqtdan keyin achchiqlashib, taomning ta'mini buzadi. Bu jarayonni sekinlashtirish uchun ularga kislorod tushishini cheklash kerak. Buning uchun sariyog'ni muzlatgichga, yong'oq moyini sovitgichga, o'simlik moyini esa qorong'i va salqin joyga qo'yish kifoya qiladi.
Masalliqlarni faqat qizib turgan tovaga soling
Taom tayyorlanayotgan idish sirtining ҳarorati unga masalliqlar tushishi bilan pasayadi. Shuning uchun, agar siz sabzavotlarni qovurmoqchi bo'lsangiz, tovadagi yog' biroz ko'pirishni boshlashini kuting, agar taomni tayyorlashda yog' ishlatmayotgan bo'lsangiz, unda tovadan bug' chiqishini kuting.
Taomga shakar qo'shing
Shakarga qarshiligingiz bo'lmasa, unda qovurilgan go'sht, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarga shakar qo'shishingiz mumkin. Shakar taomga o'tkirroq ta'm beradi.
Ziravorlarning ta'mini yaxshilaymiz
Ziravor va quritilgan o'tlarning ta'mini kuchaytirish uchun ularni taomga qo'shishdan oldin bir-ikki daqiqa sariyog' yoki o'simlik yog'ida qovurib olish kerak. Agar retsept bo'yicha ziravorlar oxirida qo'shilishi kerak bo'lsa, unda ularni taom tayyor bo'lishiga 1-2 daqiqa qolganda qo'shing.
Qovurishda tova tagiga yopishib qolgan bo'laklarni tashlab yubormang
Tova tagida yopishib qolgan tagiga olgan bo'laklar sous, sho'rva yoki raguga yaxshigina qo'shimcha bo'lib xizmat qilishi mumkin. Issiq tovaga suyuqlik (vino, sharbat, bulon) quyib, ularni yog'och qoshiq bilan qirib oling.
Pishiriqni muddatidan oldin olmang
Non, pirog va boshqa pishiriqlarning ideal rangi sarg'ish-jigarrang bo'ladi. Deyarli hamma duxovkalar ko'rish oynasiga ega, shuning uchun pishiriqlarni kerakli maromga yetishini ular orqali kuzatsangiz bo'ladi.
Ozgina soya sousi yoki anchousdan qo'shing
Soya sousi va anchouslar o'zida taomga to'yingan go'sht ta'mini beradigan glutomat moddasini ko'p miqdorda saqlaydi. Chili qalampiri yoki boshqa ziravorlarga soya sousidan 1-2 choy qoshiq, agar sabzavotlar tayyorlayotgan bo'lsangiz, ularga oz miqdorda yanchilgan anchousdan qo'shib yuboring.
Barra o'tlarni vaqtida qo'shing
Zira, rozmarin, salbiya (shalfey), jambil kabi qattiq o'tlarni taom tayyorlashning boshida qo'shish kerak. Shunday qilinsa, ular ko'proq xushbo'y hid beradilar hamda biroz yumshaydilar. Rayxon, petrushka, kashnich va ko'k piyoz kabi yumshoq o'tlarni esa yaxshisi taom tayyor bo'lishining oxirgi daqiqalarida qo'shgan ma'qul, yo'qsa ular o'z hidi va yorqin rangini yo'qotadi.