7 kunda 7 kg ozishni istaysizmi?
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2015-10-26 17:05:19
- 0
- 0
- 65333
Olmali parhez organizmni tozalovchi vaortiqcha vazndan xalosetuvchi eng kengtarqalgan parhezlarsirasiga kiradi. Chunkiolma yordamida ozishjuda samarali. Siz buparhez bilan 7 kunichida 7 kg vazndanxalos bo‘lishingizmumkin. Lekin bundaynatijaga erishish uchun kuchli iroda talab etiladi.
7 kunli parhez
Birinchi kun: 1 kg olma.
Ikkinchi kun: 1,5 kg.
Uchinchi kun: 2 kg.
To‘rtinchi kun: 2 kg.
Beshinchi kun: 1,5 kg.
Oltinchi kun: 1,5 kg.
Yettinchi kun: 1 kg.
Ushbu parhez davomida siz istagan miqdorda ko‘k choy va gazlanmagan suv ichishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu parhez qaysi rangdagi hamda shirin yoki nordon olma yeyish bilan cheklanmagan. Siz o‘zingizga yoqqan navdagi va rangdagi olmani tanovul qilish huquqiga egasiz. Yana bir narsa: parhezning beshinchi kunidan boshlab kundalik taomnomangizga 1-2 burda qora non kiritishingiz mumkin..
Bu muhim!
Olmali parhez ayrim surunkali kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga zarar ko‘rsatishi mumkin. Agar siz:
O‘n ikki barmoq ichak yarasi bor bemorlarga nordon olma yeyish qat'iyan man etiladi!
Oshqozon yarasidan aziyat chekadiganlarga ham shirin olma mumkin emas!
Yurak va qon tomirlari kasalliklarida 1 kg olmaga 100 g shakar qo‘shish tavsiya etiladi.
Yana bir usul
Bu parhez mobaynida siz kun davomida 5-6 ta olma va 1-1,5 l qatiq ichishingiz kerak bo‘ladi. Parhezning davomiyligi uch kun, xalos bo‘lish mumkin bo‘lgan vazn miqdori esa 2-3 kg.
Kamchiligi
Olmali parhezning yagona kamchiligi shundan iboratki, ba'zilar ikki haftalab faqat olma tanovul qilishlari mumkin bo‘lsa, boshqalar birinchi kundan o‘zlarini yomon his etadilar. Har bir organizm o‘ziga alohida yondashuvni talab qiladi, shuning uchun olma bir organizmga yaxshi ta'sir ko‘rsatsa, boshqasi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababdan olmali parhezga o‘tirishdan oldin albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tib, u bilan maslahatlashish shart!