Qaysi oziq-ovqatlarni yillab saqlash mumkin?


Ko‘pincha oziq-ovqatlarni bir hafta, ba’zan ikki hafta oldinroq sotib olishga to‘g‘ri keladi. Ba’zilar bir necha oy, hattoki bir necha yil uchun zaxira tayyorlab qo‘yadi. Afsuski, ko‘pchilik mahsulotlar tezda ayniydi va pulimiz kuygani qoladi. Biroq shunday mahsulotlar borki, ular ko‘p yillar davomida buzilmay tura oladi. Maqolada ularning ba’zilarinin keltirib o‘tamiz.

Oq guruch

10

Guruchning xillari ko‘p. Aynan oq guruch 30 yilgacha o‘z holicha saqlanishi mumkin. Biroq buning uchun u vakuumli konteynerda salqin haroratda turishi kerak. Jigarrang guruchning saqlanish muddati — olti oy.

Asal

med_banka

“Asal aynimas”, — deganlaricha bor. U to‘g‘ri saqlangan taqdirda bir nechta avlodgacha yetib borishi mumkin.

Osh tuzi

6eaa83ceaf8ecf0f46b4c5411aabe9d2

Biz sotib oladigan tuz odatda besh yilgacha yaroqli bo‘ladi. Bu unga yod qo‘shilishi bilan bog‘liq. Ta’kidlash joiz, tuz nafaqat taomni xushxo‘r qilish uchun, balki boshqa mahsulotlarni saqlash uchun ham qo‘l keladi.

Soya qaylasi

soeviy_sous_butilka

Soya qaylasining saqlanish muddati unga aynan nimalar qo‘shilganiga bog‘liq. Agar u toza qayla bo‘lsa, uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Biroq uning o‘rami ochilgach, u sovitgichda turishi kerak.

Quritilgan loviya

670px-Cook-Dried-Beans-Step-2

Olimlar ta’kidlashicha, vaqt o‘tgani sari loviyaning sifati pasayib boradi, biroq u 30 yilgacha yeyish uchun yaroqli bo‘lib qoladi.

Sut kukuni

php6b7TVR

Haqiqiy sutdek mazali bo‘lmasa-da, sut kukuni unga nisbatan ancha ko‘p “umr ko‘radi”. Ta’kidlash joiz, qadoqlangan sutlarning ko‘pchiligi aynan kukundan tayyorlangan bo‘ladi.

Shakar

img_cccad19a699f3ab29414f74559f470ca

Ushbu mahslotni ham bemalol bir necha yil uchun zaxira qilib qo‘yish mumkin. Uning havo orqali namlikni singdirib olish qobiliyati bo‘lib, bu boshqa mahsulotlarni ham quruq saqlash imkonini beradi.


Teglar: maslahat