Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 10 ta kosmetik vosita
- Muallif: Malika
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2016-06-01 12:19:18
- 0
- 0
- 16029
Hozirgi vaqtda to‘liq tabiiy, zararli moddalardan xoli bo‘lgan kosmetik mahsulotlarni topish amri mahol. Ammo bunday vositalarni uyda o‘z qo‘llarimiz bilan tayyorlashimiz mumkin.
1.Yuz uchun skrab
Zaytun yog‘i, qahva, shakarqamish qandi va suv olib, barchasini aralashtiring. Tayyor. Juda oddiy va arzon!
2. Salqigan ko‘zlarga qarshi choy xaltachalari
Choy xaltachasi salqigan va shishgan ko‘zlar uchun ajoyib vosita. Dastlab achchiqqina choy damlab, so‘ng xaltachalarni chiqarib oling, suvini siqib soviting. Shundan keyin ularni qovoq ustiga 20—30 daqiqaga qo‘ying.
3. Tinchlantiruvchi niqob
Bolalarga taglik kiydirishdan avval suriladigan, tarkibida sink bo‘lgan krem yuzida qizarishlar va husnbuzar toshmalari bo‘lganlar uchun qo‘l keladi. Sink oksidi yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
4. Yuz uchun sprey
Purkaydigan idishga 2 choy qoshiq aloe vera sharbati, 1 choy qoshiq E vitamini, 1 choy qoshiq argan yog‘i, to‘rt tomchi gerani efir moyi, 2 tomchi ilang-ilang efir moyi, 4 tomchi yalpiz moyi va 6 osh qoshiq Marokash gulobi (atirgul suvi)dan soling.
5. Labni kattalashtirish uchun vosita
Vazelin va dolchin (koritsa) efir moyidan oddiy balzam tayyorlang. Biroq uni surgandan keyin lablaringiz biroz achishishi mumkin.
6. Qora nuqtalarga qarshi vosita
Buning uchun vazelin, polietilen plyonka, matoli ro‘molcha va qaynoq suv kerak bo‘ladi. Burun ustiga vazelin suring, so‘ng burunni plyonka bilan yoping. Ustiga qaynoq suvga namlangan ro‘molchani qo‘ying. Besh—olti daqiqa kuting.
7. Yuz uchun tonik
Olma sirkasi terini yaxshi tozalaydi va yallig‘langan hududlarni quritadi. Yuzga surishdan avval qo‘lingizning bir chekkasida sinab ko‘ring.
8. Soch uchun niqob
Quruq va “gullagan” sochlarni namlantirishda kokos yog‘i asqotadi. Uni sochga suring va 1—2 soatdan so‘ng yuvib tashlang.
9. Lab uchun skrab
Lab bo‘yog‘i labga bir tekis surilishi uchun, dastlab unga skrab surib, tozalash kerak. Buning uchun zaytun yog‘i va shakarni aralashtirsangiz, kifoya!
10. Yuz uchun niqob
Ushbu niqob yuz terisini namlantirishda va yumshatishda yordam beradi. 2 piyola oshqovoq pyuresi, 4 osh qoshiq qatiq, 4 osh qoshiq asal, 1/3 stakan maydalangan bodom, ¼ choy qoshiq zaytun yog‘ini aralashtirib, yuzga suring va 5—10 daqiqaga qoldiring.