Qanday qilib oila byudjetini tejash mumkin?
- Muallif: Дания
- Toifa: Oila byudjeti
- 2015-09-14 15:41:37
- 0
- 0
- 12146
Oila byudjetini tejash to‘g‘risidagi savolga ham alohida ahamiyat bilan qaramoq lozim. Ushbu masalada bir xil bo‘lgan retsept mavjud emas, ammo umumiy bir yo‘lini topish mumkin.
Agarda Siz 2-3 oy davomida byudjetni yuritsangiz, shunda sizda tahlil uchun ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Buning uchun 3-5 ta eng yirik xarajatlarni olib, ularni "qisqartirish" masalasini yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Ushbu xarajatlar sizga to‘g‘ri kelishi, sog‘lig‘ingiz, oilangiz, munosabatlaringiz va turmush darajangizga zarar yetkazmaslik jihatlariga e’tiboringizni qarating.
Biringchi navbvtda iste’mol kreditlari va qarzlardan qutulish lozim. Bular daromadlaringizni yo‘q qiluvchi asosiy xarajatlar hisloblanadi. Dabdaba buyumlari va tunggi turmush tarzi ham shular qatoriga kiradi. Bular Siz hech qanday zararlarsiz voz kechishingiz mumkin bo‘lgan narsalardir.
Qolgan birinchi 5 ta xarajatlaringiz bilan ham tanishib, qaysilardan hech qanday zararlarsiz voz kechish mumkinligini qarab chiqing.
Albatta buning boshqa yo‘li ham mavjud bo‘lib, bu umuman hech narsaga tejamasdan, qanday qilib daromadlarni oshirish, shu bilan butunlay "tejash" va "oila byudjeti" degan so‘zlardan uzoqlashishdir. Bu usul prespektiv jihatdan tejashdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lib, biroq ko‘pchilikga bu yo‘l uncha yoqmaydi.