Nima uchun nahorda och qoringa iliq suv ichish kerak?
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-07-04 14:51:40
- 0
- 0
- 8680
Agar odatingizni o‘zgartirib, tongda och qoringa iliq suv ichadigan bo‘lsangiz, bu ishingizdan organizmingiz minnatdor bo‘ladi. Qahvani esa biroz keyinroq ichsangiz ham bo‘ladi. Suvga ozgina limon sharbatidan qo‘shsangiz, yoqimli ta’m beradi. Limonli suv ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilab, metabolik chekinishlarni bartaraf etadi. Bu odat sog‘ligingiz uchun koni foydadir. Iliq suv organizmdan toksinlarning chiqib ketishiga va qon aylanishini yaxshilashga xizmat qiladi. Ovqat hazm qilish a’zolarini tozalaydi. Suyuqlik oshqozondagi ovqatlarning parchalanishiga ko‘maklashib, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari bu odat ozishingizga ham yordam beradi, iliq suv tana haroratini oshirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Organizmingizda yog‘ning parchalanishi tezlashadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang bunday odat qarish jarayonini sekinlashtiradi, chunki och qoringa ichilgan suv organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi, natijada teri toza, tarang va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi. Oshqozondagi muammo har doim ichaklar faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi, organizmda suv tanqisligi yuz bersa, qorin damlab, sanchiq paydo bo‘ladi. Iliq suv ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi.