Oyoqdagi noxush hid, qadoq va tovon yorilishiga qarshi davo usullari


Chiroyli qo'llar singari chiroyli oyoq ham juda ko'rkam ko'rinadi. Biroq ko'p insonlar o'z oyoqlariga bee'tibor bo'ladilar. Parvarish qilinmagan oyoq jussani xunuklashtiradi va sog'liq uchun salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oyoq kasalliklaridan uy sharoitida muntazam muolaja va parvarish bilan qutilish mumkin. Quyida ularni ko'rib chiqamiz.

  • Oyoq iliq sho'r suvda vanna qilib turilsa (2 litr suvga 1osh qoshiq osh tuzi solinadi) oyoqdan noxush hid kelmaydi.
  • Oyoqlarni iliq suvga solib o‘tirilsa (oyoq vannalari) teri­si tozalanadi, charchoq kamayadi va qon aylanishi yaxshilanadi.
  • Oyoq terlaydigan bo'lsa yotishdan oldin limon sharbati surtib yoting.
  • Romashka damlamasi ham oyoq terisi uchun juda foydali.

Oyoqda qadoq paydo bolganda yordam beradgan muolajalar:

  • 2litr qaynagan suvga 1choy qoshiq osh sodasi va 1osh qoshiq maydalangan xo‘jalik sovuni solib, ko'pirtirib olinadi. Bu suvda oyoqlar 20-30 daqiqa ushlab turiladi. Vanna qabul qilinganidan so‘ng oyoq tagi yuzasi moyli krem bilan uqalaniladi. Qadoqni bir yuvganda ketkazaman demang, yoriqchalar paydo bo'lishi mumkin.
  • Oyoq barmoqlaridagi qadoq ustiga yupqa qilib tish pastasini surting va to‘liq quriganidan keyin bemalol poyabzal kiying. Tish pastasi qadoqni zararlantirib, sizni og‘riqdan xalos etadi.

Ba'zi odamlarning tovoni yorilib, terisi quruqlashib ketadi. Tovon yorilishi garchi inson hayotiga xavfli bo'lmasada, sog'liq uchun zararli.

Tovon yorilganda quyidagi muolajalarni sinab korishingiz mumkin:

  • Kartoshkani mayda to'g'rab yoki qirg'ichdan o'tkazib oyoq tagiga qo'yib, bir necha soatga bog'lab qo'yiladi. Oyoq terisi yumshab, ivigan holga kelganidan so'ng kartoshka qoldiqlarini yuvib tashlab oziqlantiruvchi krem surtiladi.
  • Sovuq suvga olma sirkasini aralashtirib, oyoqni shu suvga solish kerak. Tovon yoriqlarida yaxshi natija beradi.
  • Atirgul losyonini tovon va tirnoqlarga massaj shaklida surting.

Xar doim shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, unutmang tozalik va pokizalik-salomatlik garovi.