An’anaviy o‘zbek sut mahsulotlari - qatiq, chakka va ayron tayyorlash sirlari
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-08-22 15:54:51
- 0
- 0
- 9227
Ma’lumki sut uzoq saqlanmaydi, agar sovutgich bo‘lmasa havoning issig‘ida 3-4 soat ichida buzilib qolishi mumkin. Qadim zamonda bobokalonlarimiz ushbu muammoni hal qilishning sirlarini topishgan va yo‘l-yo‘lakay ajoyib sut mahsulotlari yaratishgan.
Avval ular sutdan qatiq yasashni o‘rganib olishgan. Sutni qaynatib, unga tomizg‘i qo‘shishgan va 6-8 soat o‘rab qo‘yishganidan keyin, mazali va foydali mahsulot - qatiq paydo bo‘lgan. Qatiqni alohida iste’mol qilish mumkin, yoki uni turli ovqatlarga qo‘shib ham iste’mol qilish mumkin. Qatiq tayorlanganda uning harorati 36 gradusdan past bo‘ladi va uning tarkibidagi barcha vitamin va foydali moddalar saqlanib qoladi. Shuning uchun ham qatiq, ichiga turli shirinlik va bo‘yoqlar qo‘shilgan har qanday yogurtdan foydali.
Qatiqni latta xaltaga solib, uning zardobi chiqarib yuborilganidan keyin chakka hosil bo‘ladi. Chakka - sut mahsulotlari orasida eng ommabop va universalidir. Xohlasangiz, uning o‘zini iste’mol qiling, yo ko‘katlar bilan gazak sifatida, yoki ayron yasang. Agar undan ham ortib qolsa uzoq saqlanadigan mahsulot — qurut yasang. Chakka to‘yimli va vitaminlarga boy sut mahsulotidir. Undan tashqari chakka, odam organizmi uchun yengil hazm bo‘ladigan sut mahsuloti ham.