* 40 yoshdan oshgan ayollar kunduzi, albatta, yaxna mevalardan iste’mol qilishlari zarur. Bu me’da-ichak faoliyatini yaxshilaydi.
* 40 yoshdan oshgan ayollarda qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun organizmga yod, selen, fosfor, Ye va S vitaminlari zarur bo‘lib, bular dengiz mahsulotlari hamda undirilgan bug‘doy tarkibida ko‘p bo‘ladi.
*Bu yoshda ayollarga oqsil juda zarur. Katta miqdordagi oqsil, go‘shtda mavjuddir. 45 yoshdan oshganingizdan so‘ng go‘shtning hazm bo‘lishi qiyinroq ekanligini hisobga olib, qush go‘shtlarini ko‘proq iste’mol qilishingizni tavsiya etamiz.
*Onkologik kasalliklar va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish uchun soyadan tayyorlangan ovqatlarni ko‘proq iste’mol qiling.
Manba: Darakchi.uz