Biskvit tayyorlashning 6 oltin qoidasi
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-10-17 12:20:14
- 0
- 0
- 9643
1. Biskvit yaxshi ko‘tarilishi uchun tuxumning oqi solingan idishni sovuq suv solingan kattaroq idishga solib ko‘pirtiring. Sarig‘i esa iliq suv solingan idishda aralashtiring.
2. Yana bir muhim qoida! Tuxumlarni zinhor alyumin idishda ko‘pirtirmang, bunda xamirning rangi o‘zgarishi mumkin. Agar uni barcha qoidalarga rioya qilgan holda tayyorlasangiz, xamiryumshatgich qo‘shmasangiz ham bo‘ladi.
3. Biskvit xamirini qolipga solayotganingizda, idish to‘lib ketmasligiga, yarmidan sal oshishiga ahamiyat bering. Xamir ko‘tarilganda toshib ketmasin.
4. Gaz pechini 180-200 gr. da qizdiring, undan past olovda hamir bo‘kib qoladi, balandida esa tagi kuyib, ichi pishmay qolishi mumkin.
5. Yog‘och tayoqcha yordamida uning pishgan, pishmaganligini aniqlash mumkin. Buning uchun tayoqchani korjga tiqib ko‘rasiz. Agar tayoqcha quruq chiqsa, demak biskvit tayyor.
6. Biskvit pishganidan so‘ng soviguncha qolipdan ola ko‘rmang. Qolip atrofini nam sochiqqa o‘rab qo‘ysangiz, oson ajraladi.