Oshxonadagi asosiy pazandalik xatoliklar
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2016-12-02 18:17:46
- 0
- 0
- 9442
Kun davomida taom tayyorlashda, ko‘pchiligimiz ba’zi narsalarni odatiy tarzda bajarib, ularni to‘g‘ri bajarayotganligimiz to‘g‘risida o‘ylamaymiz ham. Shunga biz tayyorlanayotgan taomlar sifati va mazasini yanada yaxshilashingiz uchun eng ko‘p tarqalgan pazandalik xatolari to‘g‘risida ma’lumot beramiz.
Nimaga xamir oshmaydi?
Eng keng tarqalgan xatolardan biri bular eski xamirturush yoki vodoprovod suvi hisoblanadi. Xamirturushni tanlashda uni yaqin kunlarda ishlab chiqarilganiga ahamiyat bering. Eng muhimi oldin ishlatilganlaringizdan foydalanmang. Hattoki filtrdan o‘tkazilgan vodoprovod suvida xamirturushni oshishiga halaqit beruvchi, xlor mavjud. Shuning uchun xamir tayyorlashda yog‘li bo‘lmagan, uy haroratidagi sutdan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Keksni duxovkadan olgan zahotiyoq yeyish mumkinmi?
Issiq kekslar kesilganda, ular o‘z shaklini o‘zgartiradi va keksning issiqligida uni mazasini his qilish qiyin. Odatda ba’zi kekslarni ikkinchi kunda iste’mol qilgan yaxshi.
Kartoshkani qopqoq yoki qopqoqsiz qaynatish kerakmi?
Suv qaynab va qochib qolish holati sizga tanishmi? Kartoshkani qaynatishda uning ustini yopgan yaxshiroq. Sababi idish qopqog‘ini yopganda biz mahsulotlarning foydali jihatlari va ta’mini saqlab, tayyorlash jarayonini tezlashtiramiz.
Pomidorlarni sho‘rva va qovurmaga qachon solish kerak?
Ba’zida shoshilganimizda barcha mahsulotlarni qozonga birdaniga solib yuborishni istaymiz. Ammo pomidor solinishi kerak bo‘lgan taomga bunday qilib bo‘lmaydi. Xato qilmaslik uchun yodda tuting, pomidor kislota bo‘lib, u go‘sht mahsulotlarini pishishida yordam bersa, sabzavotlarga aksincha ta’sir qiladi. Ya’ni misol uchun siz sho‘rva tayyorlayotgan bo‘lsangiz, pomidor yoki tomat pastasini kartoshka, sabzi, karam va boshqa sabzavotlar pishganidan so‘ng solishingiz kerak. Agarda go‘shtni dimlayotgan bo‘lsangiz, pomidorlarni boshida solgan yaxshi. Shunda go‘sht yumshoq chiqadi.
Zaytun yog‘ida qovurish
O‘rtayerdengiz oshxonasi taomlarini tayyorlashda zaytun yog‘ini ishlatishga oshiqamiz. Ushbu yog‘ni qizish harorati past bo‘lgani uchun mahsulotlarni kuygan ta’m bilan buzib qo‘yish xavfi mavjud. Shunga, uni salatlar uchun ishlatishga urining.
Makaronlarni chayish shartmi?
Makaronlarni chayimagan yaxshi. Bu odat sovet davrlaridan qolgan bo‘lib, u paytda makaronlar oddiy undan tayyorlangan. Ular pishganidan keyin bir-biriga yopishib qolmasligi uchun uy bekalari ularni yaxshilab chayishga urinishar edi. Hozirda makaronlar odatda qattiq turdagi un navlaridan tayyorlanadi. Agarda ularni ko‘p miqdordagi suvda qopqoqsiz pishirilsa ular bir-biriga yopishmaydi. Shunda ham yopishib qolishini kuzatsangiz, unda suvga o‘simlik yog‘i qo‘shing.
Qaysi mahsulotlarni muzlatgichda saqlash mumkin yoki mumkin emas?
Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash ham pazandalik san’ati hisoblanadi. Ziravorlar, asal va non mahsulotlarini muzlatgichga solmasdan xato qilamiz. Vaholanki aynan sovuq va qorong‘u joyda ular yaxshi saqlanadi. Banan va pomidorlarni esa aksincha ko‘rinishi va hidini yo‘qotishi tufayli muzlatgichda saqlab bo‘lmaydi.