Go‘zallik va salomatlik uchun karam


  • Karam barglari qaynatilgan suv bilan har kuni yuz va bo‘yin terisini tozalash mumkin.
  • Yuz teringiz yog‘li bo‘lsa, karam va bodring sharbatidan teng miqdorda aralashtiring. Haftasiga uch marta ushbu losьon bilan yuz va bo‘yin terisini arting.
  • Yuzlaringizda sepkil yoki dog‘ bo‘lsa, karam sharbatiga dokani botirib olib, muammoli joyga 10 daqiqaga qo‘ying. 30 kun davomida kunora ushbu muolajani amalga oshiring.
  • Agar boshingiz og‘riyotgan bo‘lsa, karam bargini og‘riq turgan joyga bog‘lab qo‘yish mumkin.
  • Karam bargini maydalab, sutga solib qaynayting. Issiq holida terining ko‘kargan, lat yegan joyiga surting. Biror mato bilan bog‘lab qo‘yish ham mumkin. 40 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving.
  • Siyrak va to‘kiluvchan sochlar uchun karam, limon va ismaloq sharbatini teng miqdorda aralashtirib, 20 daqiqaga sochlarga surtib qo‘yish kifoya.
  • Qo‘llaringiz dag‘allashgan bo‘lsa, karam sharbati bilan haftasiga ikki marta vanna qilish yordam beradi. Faqat muolajadan so‘ng krem surtishni unutmang.
  • Yangi karam sharbatini kuniga 4-5 marta so‘gal ustiga surtish foyda beradi. Dokani karam sharbatiga botirib, kechasi so‘gal ustiga bog‘lab qo‘yish ham mumkin.
  • Karam barglarini qaynoq suvga solib qo‘ying. Ular yumshgach, yuzingizga o‘simlik yog‘i surting-da, karam barglarini qo‘ying. 20 daqiqadan so‘ng moychechak damlamasi bilan yuving.

Manba: Darakchi.uz