Vazelin moyining siz bilmagan xususiyatlari
- Muallif: Pazandaxon
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2017-01-04 08:46:11
- 0
- 0
- 12044
Universal vositalardan biri vazelin 1878 yili ixtiro qilingan. Vazelinning yaralarni bitkazuvchi, yumshatuvchi va namlantiruvchi xususiyati bor. Bundan tashqari vazelinni kundalik turmushda ham ishlatsangiz bo`ladi.
1. Gullagan sochlar uchiga vazelin moyidan oz miqdorda surtib qo`ying, qurigan va gullagan sochlarni oziqlantiradi.
2. Laklangan poybzallar ustiga vaqti-vaqti bilan vazelindan surtib turing bu oyoq kiyim terisining qurib, sinishidan himoyalaydi.
3. Tirnoqlarni bo`yayotganda uning chetlariga vazelindan surting, shunda tirnoq atrofiga bo`yoq tegib ketishining oldini olgan bo`lasiz.
4. Zanjirsimon yopqichli ustki kiyimlar yopqichi yurmay qolsa unga ozgina vazelindan surtib yuboring.
5. Sepgan atiringiz hidi uzoqroq turishi uchun bo`yin atrofiga vazelindan surtib qo`ying.
6. Quloq teshigi atrofiga vazelindan surting-da, ziraklarni oson va qulay taqib oling.
7. Sochlarni bo`yashdan oldin vazelenni, bo`yningizga, quloqlaringizga va peshonagizga surting shunda soch bo`yog`i bexosdan tegib ketsa ham, dog` bo`lib qolmaydi, osongina yuvib tashlaysiz.