Qanday qilib oshxonada ishlashni soddalashtirish mumkin
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2017-10-06 11:01:45
- 0
- 0
- 12438
Taom tayyorlash jarayoni juda zerikarli bo‘lganda, uni ozgina bo‘lsa ham mazmunli va qiziqarli qilishga harakat qiling.
Ma’lumki barchamiz har kuni taom tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lamiz, ayniqsa bugungi vaqt juda tig‘iz bo‘lgan paytda bu jarayon odatiy va zerikarli holga aylanadi. Taomni mamnuniyat bilan tayyorlamaganda esa uning ta’mi mazali chiqmaydi. Bunday holatlarni oldini olish uchun esa dizaynerlar oshxona uchun turli xil taomlar tayyorlash jarayonini soddalashtiruvchi va bizni quvontiradigan gadjetlarni o‘ylab topmoqdalar.
Avokado uchun pichoq
Ushbu vitaminlarga boy bo‘lgan mevani xush ko‘ruvchilar uchun juda qulay moslama hisoblanadi. Pishgan, yumshoq avokado danagini hech qanday muammolarsiz ajratish mumkin.
Tuxum uchun separator
Ushbu moslama yordamida tuxum sarig‘ini oqidan osongina ajratish mumkin.
Sabzavotlar uchun pichoq
Qo‘ldan sirpanib ketuvchi limon, pomidor piyoz kabi sabzavotlarni to‘g‘rash uchun haqiqatdan ham ajoyib moslama hisoblanadi.
Pishloq uchun pichoq
Sichqonchali ushbu qulay pichoq pishloqni osonlik bilan kesishda yordam beradi.
Kartoshka uchun stol
Bu stolda kartoshkani tozalash juda qulay hisoblanib, uni tizza ustiga qo‘yib ishlatish esa uning asosiy afzalliklaridan biri sanaladi.
Apelsin uchun pichoq
Bu pichoq yordamida qo‘llar va tirnoqlaringizni iflos qilmasdan apelsin po‘stlog‘ini tozalashingiz mumkin.
Tostlar uchun trafaret
Farzandlaringiz ertalabki nonushtani iste’mol qilishdan bosh tortishadimi? Unda ularni trafaret yordamida non bo‘lagida sevimli multfilm qahramonlari rasmi tushirilgan nonushta bilan jalb qiling.
Ananaslar uchun pichoq
Ehtimol, barcha uchun ananaslarni tozalash eng yoqimsiz jarayonlardan biri hisoblansa kerak. Biroq bu pichoq ananaslarni tozalash vazifasini osonlashtirish bilan birga, yoqimli taassurotlar qoldirishi aniq.
Taxtakach
Dog‘ ko‘rinishidagi bu taxtakachni stol ustiga qo‘yish qulay hamda juda yorqin hisoblanadi.