Muzlatgichda saqlab bo‘lmaydigan mahsulotlar


Qaysi mahsulotlarni muzlatgichda saqlash mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida bilasizmi? Nima deb o‘ylaysiz, Sizning muzlatgichingizda barcha masalliqlar saranjom, tartib bilan hamda to‘g‘ri joylashtirilganligiga ishonchingiz komilmi? Agar bunday ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, unda, ushbu maslahatlarimiz Sizga muzlatgichingizni ozoda va to‘g‘ri saqlashda qo‘l keladi deb umid qilamiz.

1. Sarimsoq.

Sarimsoqni muzlatgichga joylashtirish man etiladi. U boshqa har qanday quruq joyda ham yaxshi saqlanishi mumkin. Yagona shart esa bu - sarimsoqni uzoq vaqt yangi saqlanishini ta’minlash maqsadida havo yaxshi aylanadigan joyga qo‘yishdir.

2. Kartoshka.

Muzlatgichdagi past daraja kartoshka tarkibidagi kraxmalni shakarga aylantiradi, shunday qilib uning ta’mi o‘zgaradi. Shuning uchun uni qog‘oz o‘ramga solib, yerto‘lada saqlagan ma’qul.


3. Non.

Muzlatgichga qo‘yilgan non tezda o‘z suvini yo‘qotadi. Uni saqlashning eng yaxshi varianti xona haroratidir, biroq bunday sharoitda ham muddat to‘rt kundan oshib ketmasligi kerak.

4. Pomidor.

Tomat iliq haroratni juda yaxshi ko‘radi. Shuning uchun uni qanchalik sovuqda ko‘p ushlab turilsa, shunchalik aynishni boshlaydi. Pomidorlarni yaxshisi xona haroratida saqlagan maqsadga muvofiq.

5. Rayxon.

Rayxon issiqni yaxshi ko‘radi, shuning uchun uni xona haroratida saqlaganimiz ma’qul. So‘lib qolmasligining oldini olish maqsadida, suvga solib qo‘yish kerak.

6. Banan.

Bananlarni iliq haroratda saqlash lozim, chunki sovuqdan irib, ta’mini yo‘qota boshlaydi. Bundan tashqari, mazali bananlar bu yaxshi pishganlaridir. Muzlatgichda esa pishib yetilmaydi.

7. Shokolad.

Shokolad ham muzlatgichda o‘z ta’mini yo‘qotadi: muzlatilganda uning yuzida oqish holdagi kondensat paydo bo‘ladi. Muzlatgichda saqlash mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati mana shulardan iborat. O‘ylaymizki, ularga amal qilib yeguliklaringizni uzoq vaqt davomida yaxshi va iste’molga yaroqli holda saqlashga muvaffaq bo‘lasiz.